88-modda. Mehnat shartlarini belgilash va oʻzgartirishning umumiy tartibi
Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi · Sana: 21.12.1995 · Amalda
Mehnat shartlari deganda mehnat jarayonidagi ijtimoiy va ishlab chiqarish omillarining jami tushuniladi.
Ijtimoiy omillar jumlasiga mehnat haqi miqdori, ish vaqtining, taʼtilning muddati va boshqa shartlar kiradi.
Texnika, sanitariya, gigiyenaga oid, ishlab chiqarish-maishiy va boshqa shartlar ishlab chiqarish omillari deb hisoblanadi.
Mehnat shartlari mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari va boshqa normativ hujjatlar, shuningdek mehnat shartnomasi taraflarining kelishuvi bilan belgilanadi.
Mehnat shartlarini oʻzgartirish, ular qaysi tartibda belgilangan boʻlsa, shunday tartibda amalga oshiriladi.
Mehnat shartnomasi taraflaridan birining talabi bilan mehnat shartlarini oʻzgartirishga ushbu Kodeksning 89 va 90-moddalarida nazarda tutilgan hollarda yoʻl qoʻyiladi.
