74-modda. Mehnat shartnomasining shakli
Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi · Sana: 21.12.1995 · Amalda
Mehnat shartnomasi yozma shaklda tuziladi.
Mehnat shartnomasining shakli Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanadigan namunaviy shartnomani hisobga olgan holda ishlab chiqiladi.
Mehnat shartnomasi bir xil kuchga ega boʻlgan kamida ikki nusxada tuziladi va har bir tarafga saqlash uchun topshiriladi.
Mehnat shartnomasida taraflarning manzillari koʻrsatiladi.
Mehnat shartnomasi xodim va ishga qabul qilish huquqiga ega boʻlgan mansabdor shaxsning imzolari bilan mustahkamlanib, imzolangan muddati qayd etib qoʻyiladi. Mansabdor shaxsning imzosi imzoning haqiqiy va vakolatli ekanligini taʼkidlash tariqasida korxona muhri bilan (muhr mavjud boʻlgan taqdirda) tasdiqlanadi.
