72-modda. Mehnat shartnomasining tushunchasi va taraflari
Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi · Sana: 21.12.1995 · Amalda
Mehnat shartnomasi xodim bilan ish beruvchi oʻrtasida muayyan mutaxassislik, malaka, lavozim boʻyicha ishni ichki mehnat tartibiga boʻysungan holda taraflar kelishuvi, shuningdek mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari va boshqa normativ hujjatlar bilan belgilangan shartlar asosida haq evaziga bajarish haqidagi kelishuvdir.
Xodim va ish beruvchi mehnat shartnomasining taraflari boʻlib hisoblanadilar.
Mehnat shartnomasini tuzish haqidagi kelishuvdan oldin qoʻshimcha holatlar (tanlovdan oʻtish, lavozimga saylanish va boshqalar) boʻlishi mumkin.
Xodim oʻrindoshlik asosida ishlash toʻgʻrisida qonunchilikda belgilangan tartibda mehnat shartnomalari tuzishi mumkin.
