64-modda. Moddiy madad berishga oid kafolatlar
Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi · Sana: 21.12.1995 · Amalda
Ishdan mahrum boʻlgan, birinchi marta ish qidirayotgan, shuningdek uzoq (bir yildan ortiq) tanaffusdan keyin mehnat faoliyatini qayta boshlashni istagan va ishsiz deb eʼtirof etilgan shaxslarga:
ishsizlik nafaqasi toʻlash;
qaramogʻidagilarni hisobga olgan holda moddiy yordam berish;
kasb oʻrganish, malaka oshirish yoki qayta tayyorlash davrida stipendiya toʻlanishi hamda shu davrni mehnat stajiga qoʻshish;
haq toʻlanadigan jamoat ishlarida qatnashish imkoniyati taʼminlanadi.
Mehnat shartnomasi alohida asoslar boʻyicha bekor qilingan taqdirda xodimlarga moddiy madad berish uchun qoʻshimcha kafolatlar beriladi (67-modda).
