124-modda. Ish vaqtidan tashqari ish
Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi · Sana: 21.12.1995 · Amalda
Xodim uchun belgilangan kundalik ish (smena) muddatidan tashqari ishlash ish vaqtidan tashqari ish deb hisoblanadi.
Ish vaqtidan tashqari ishlar xodimning roziligi bilan qoʻllanishi mumkin.
Ish smenasining muddati oʻn ikki soatdan iborat boʻlganda, shuningdek mehnat sharoiti oʻta ogʻir va oʻta zararli ishlarda ish vaqtidan tashqari ishlarga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ish vaqtidan tashqari ishga jalb etish ushbu Kodeksning 220-moddasi beshinchi qismida va 228, 245-moddalarida belgilangan cheklashlarga rioya etgan holda amalga oshiriladi.
Ish vaqtidan tashqari bajarilgan ish uchun kompensatsiya va haq toʻlash ushbu Kodeksning 157-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi.
