109-modda. Ishdan boʻshatish nafaqasi
Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi · Sana: 21.12.1995 · Amalda
Mehnat shartnomasi bekor qilingan quyidagi hollarda ishdan boʻshatish nafaqasi toʻlanadi:
ish beruvchining tashabbusi bilan, xodim oʻzining mehnat vazifalarini bajarmaganligi sababli shartnomaning bekor qilinishi bundan mustasno;
taraflar ixtiyoriga bogʻliq boʻlmagan, ushbu Kodeksning 106-moddasi 1 va 2-bandlarida nazarda tutilgan holatlarga binoan. Mehnat shartnomasi ushbu Kodeksning 106-moddasi 4-bandiga binoan bekor qilinganda ishdan boʻshatish nafaqasi toʻlanadi, ishga qabul qilish yuzasidan belgilangan qoidalar xodimning aybi bilan buzilgan hollar (sudning muayyan lavozimni egallash yoki muayyan faoliyat turi bilan shugʻullanish huquqidan mahrum etish haqidagi hukmini yashirish, soxta hujjatlar taqdim etish va hokazo) bundan mustasno;
xodim yangi mehnat shartlari asosida ishni davom ettirishni rad etganligi sababli (89-moddaning toʻrtinchi qismi).
Ishdan boʻshatish nafaqasining miqdori oʻrtacha oylik ish haqidan kam boʻlishi mumkin emas.
