39-modda. Ijtimoiy taʼminot yoki maxsus taʼlim psixiatriya muassasasida yashayotgan shaxslarning huquqlari va shu muassasalar maʼmuriyatining majburiyatlari
Psixiatriya yordami toʻgʻrisida (123-II-son) · Sana: 31.08.2000 · Amalda
Ijtimoiy taʼminot yoki maxsus taʼlim psixiatriya muassasalarida yashayotgan shaxslar ushbu Qonunning 34-moddasida nazarda tutilgan huquqlardan foydalanadilar.
Ijtimoiy taʼminot yoki maxsus taʼlim psixiatriya muassasasi maʼmuriyati va xodimlarining u yerda yashovchi shaxslarning huquqlarini roʻyobga chiqarish uchun shart-sharoit yaratishga doir majburiyatlari ushbu Qonunning 35-moddasi hamda boshqa qonunchilik bilan belgilanadi.
Ijtimoiy taʼminot yoki maxsus taʼlim psixiatriya muassasasining maʼmuriyati bir yilda kamida bir marta u yerda yashovchi shaxslarni bu muassasada bundan buyon saqlab turish toʻgʻrisidagi, shuningdek ularning muomalaga layoqatliligi haqidagi qarorni qayta koʻrib chiqish mumkinligi toʻgʻrisidagi masalani hal etish maqsadida ularni shifokor psixiatr ishtirokidagi tibbiy komissiya tomonidan tekshiruvdan oʻtkazishi shart.
