20-modda. Psixiatriya tekshiruvidan oʻtkazish
Psixiatriya yordami toʻgʻrisida (123-II-son) · Sana: 31.08.2000 · Amalda
Ruhiy holati buzilganligini, psixiatriya yordami zarurligini aniqlash, shuningdek bunday yordam turi haqidagi masalani hal etish uchun shaxs psixiatriya tekshiruvidan oʻtkaziladi.
Psixiatriya tekshiruvi, shuningdek profilaktika koʻriklari: tekshiriluvchining iltimosiga koʻra yoki uning roziligi bilan; oʻn toʻrt yoshgacha boʻlgan voyaga yetmagan shaxsga nisbatan — uning ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakilining iltimosiga koʻra yoki roziligi bilan; qonunda belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxsga nisbatan — uning qonuniy vakilining iltimosiga binoan yoki roziligi bilan oʻtkaziladi. Ota-onadan biri eʼtiroz bildirsa yoxud ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakili boʻlmasa, voyaga yetmagan shaxs vasiylik va homiylik organining qaroriga binoan tekshiruvdan oʻtkaziladi, bunday qaror ustidan sudga shikoyat qilish mumkin.
Psixiatriya tekshiruvini oʻtkazayotgan shifokor tekshiriluvchiga va uning qonuniy vakiliga oʻzini psixiatr deb tanishtirishi shart, ushbu Qonun 21-moddasi birinchi qismining ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
