Psixiatriya yordami toʻgʻrisida (123-II-son) · Sana: 31.08.2000 · Amalda
Ruhiy holatning buzilganlik tashxisi umum eʼtirof etilgan xalqaro standartlar hamda tasniflarga muvofiq qoʻyiladi va fuqaroning jamiyatda qabul qilingan axloqiy, madaniy, siyosiy va diniy qadriyatlarga qoʻshilmasligiga yoxud uning ruhiy sogʻligʻi holatiga bevosita bogʻliq boʻlmagan boshqa sabablarga asoslanishi mumkin emas.
Ruhiy holati buzilgan shaxsga tashxis qoʻyish va uni davolash uchun qonunchilikda belgilangan tartibda ruxsat etilgan tibbiy vositalar va usullar qoʻllaniladi.
Tibbiy vositalar va usullar xastalik xususiyatiga muvofiq faqat tashxis qoʻyish va davolash maqsadlarida qoʻllaniladi hamda boshqa maqsadlarda foydalanilmasligi lozim.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-27082
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 12-modda. Ruhiy holati buzilgan shaxslarga tashxis qoʻyish va ularni davolash Psixiatriya yordami toʻgʻrisida (123-II-son). neolex.uz/uz/laws/law-14460/12 (lex.uz/docs/-27082)