“5391-modda. Hukmlar, ajrimlar va qarorlarni ijro etishda fuqaroviy daʼvo hamda boshqa mulkiy undiruvlarga oid qismi boʻyicha yuzaga keladigan masalalarni hal etish
Ijro ishi yuritish takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-199-son) · Sana: 14.01.2009 · Amalda
Hukmlar, ajrimlar va qarorlarni ijro etishda fuqaroviy daʼvo hamda boshqa mulkiy undiruvlarga oid qismi boʻyicha yuzaga keladigan masalalar fuqarolik protsessual qonun hujjatlari hamda sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi”;
4) 541-moddaning birinchi qismi “toʻxtatish toʻgʻrisidagi” degan soʻzlardan keyin “fuqaroviy daʼvo hamda boshqa mulkiy undiruvlarga oid qismi boʻyicha” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) quyidagi mazmundagi 1981 va 1982-moddalar bilan toʻldirilsin:
