“232-modda. Sud hujjatini ijro etmaslik
Ijro ishi yuritish takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-199-son) · Sana: 14.01.2009 · Amalda
Muayyan harakatlarni sodir etish yoxud ularni sodir etishdan oʻzini tiyish majburiyatini yuklovchi sud hujjatini bajarishdan boʻyin tovlashni maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin davom ettirish, shuningdek sud hujjatining ijro etilishiga toʻsqinlik qilish, —
eng kam oylik ish haqining yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch oygacha qamoq bilan jazolanadi.
Oʻsha qilmishlar mansabdor shaxs tomonidan sodir etilgan boʻlsa, —
eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch oydan olti oygacha qamoq yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”;
2) 233-modda birinchi qismining dispozitsiyasi “xuddi shuningdek bank yoki boshqa kredit tashkiloti xodimi tomonidan band solingan pul mablagʻlari (omonatlari) bilan bank operatsiyalarini amalga oshirish” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2013-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 11, 23-moddalar, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2006-yil, № 6, 261-modda; 2007-yil, № 4, 166-modda, № 6, 248, 249-moddalar, № 9, 422-modda, № 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 177, 187-moddalar, № 9, 482, 484, 487-moddalar) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 38-modda quyidagi mazmundagi 9-band bilan toʻldirilsin:
“9) Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash departamenti hamda uning hududiy boshqarmalari — voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni, ota-onani moddiy taʼminlashdan boʻyin tovlashga, sud qarorini bajarmaslikka, shuningdek band solingan mol-mulkni qonunga xilof ravishda tasarruf etishga doir ishlar boʻyicha”;
