Ijro ishi yuritish takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-199-son) · Sana: 14.01.2009 · Amalda
Yuridik shaxsning qarzlari boʻyicha, shu jumladan uning mol-mulki ijro hujjatidagi talablarni ijro etish uchun yetarli boʻlmaganda, undiruv sud hujjati asosida, qonunda belgilangan shartlarda va tartibda ushbu yuridik shaxs mulkdorlarining, muassislarining va aʼzolarining (ishtirokchilarining) pul mablagʻlariga hamda boshqa mol-mulkiga qaratilishi mumkin.
Tegishli qarzdor yuridik shaxslarga nisbatan ijro harakatlarini amalga oshirishda undiruvni xususiy korxona mulkdori, muassasa mulkdori, fermer xoʻjaligining rahbari, dehqon xoʻjaligining aʼzolari, ishlab chiqarish kooperativining aʼzolari, qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat ishtirokchilari, toʻliq shirkat ishtirokchilari, shuningdek kommandit shirkatdagi toʻliq sheriklar pul mablagʻlariga va boshqa mol-mulkiga qaratish ijro hujjatini ijro etish tartibi hamda usulini oʻzgartirish orqali amalga oshiriladi.
Qarzdorning ijro hujjatidagi talablarni ijro etish uchun yetarli mol-mulki boʻlmaganda, undiruv sud qarori asosida qarzdorning masʼuliyati cheklangan jamiyat, qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat, toʻliq shirkat, kommandit shirkat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushiga, qarzdorning ishlab chiqarish kooperatividagi payiga qaratiladi.
O'qish oynasida ochishRangli belgilar, qaydlar, qidiruv va tanlangan matn bo'yicha test bilan.
Qonunning barcha moddalariBu modda boshqa tillarda:ruen
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-1423622
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 483-modda. Undiruvni ayrim yuridik shaxslarning, ular mulkdorlarining, muassislarining va aʼzolarining (ishtirokchilarining) mol-mulkiga qaratish xususiyatlari Ijro ishi yuritish takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-199-son). neolex.uz/uz/laws/law-1423620/483 (lex.uz/docs/-1423622)