Ijro ishi yuritish takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-199-son) · Sana: 14.01.2009 · Amalda
Bitta qarzdorga nisbatan qoʻzgʻatilgan mulkiy tusga ega boʻlgan bir nechta ijro hujjati, shuningdek solidar javobgar boʻlgan bir nechta qarzdorga nisbatan bir undiruvchi foydasiga undiruv boʻyicha qoʻzgʻatilgan ijro ishi yuritishlar yigʻma ijro ishi yuritishga birlashtiriladi.
Sud departamentining bir nechta hududiy boshqarmasi boʻlinmalariga kelib tushgan bir qarzdorga yoki solidar javobgar boʻlgan bir nechta qarzdorga nisbatan undiruv boʻyicha ijro hujjatlari yuzasidan yigʻma ijro ishi yuritish Sud departamenti direktori yoxud uning oʻrinbosari belgilaydigan boʻlinma tomonidan qoʻzgʻatiladi va yuritiladi.
Sud departamenti bitta hududiy boshqarmasining bir nechta boʻlinmasiga kelib tushgan bir qarzdorga yoki solidar javobgar boʻlgan bir nechta qarzdorga nisbatan undiruv boʻyicha ijro hujjatlari yuzasidan yigʻma ijro ishi yuritish Sud departamenti hududiy boshqarmasi boshligʻi yoxud uning oʻrinbosari belgilaydigan hududiy boʻlinma tomonidan qoʻzgʻatiladi va yuritiladi.
Yigʻma ijro ishi yuritish qoʻzgʻatilganidan keyin kelib tushgan va yigʻma ijro ishi yuritilayotgan qarzdorga nisbatan mulkiy tusdagi talablar koʻrsatilgan ijro hujjatlari yigʻma ijro ishini yuritayotgan sud ijrochisiga topshiriladi. Bu haqda undiruvchi, qarzdor, sud yoki ijro hujjatini bergan boshqa organ xabardor qilinadi”;
12) 30-modda quyidagi mazmundagi uchinchi va toʻrtinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
“Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan muddatga:
ijro hujjati ijrosini kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib ijro qilish vaqti;
ijro harakatlarini keyinga qoldirish vaqti;
ijro ishi yuritishni toʻxtatib turish vaqti;
mutaxassis tayinlash haqidagi qaror mutaxassisga yuborilgan kundan to uning xulosasi yoki ish natijalari toʻgʻrisidagi boshqa hujjat sud ijrochisiga kelib tushgunigacha boʻlgan vaqt;
mol-mulk realizatsiya qilishga topshirilgan kundan to bu mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushgan pul mablagʻlari Sud departamenti organining depozit hisobvaragʻiga kelib tushgunigacha boʻlgan vaqt kirmaydi.
Ijro harakatlarini amalga oshirish muddatining oʻtishi ijro ishi yuritishni tugatish yoki tamomlash uchun asos boʻlmaydi”;
“251-modda. Yigʻma ijro ishi yuritish — Ijro ishi yuritish takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-199-son)
13) 31-moddaning ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
“Sud ijro hujjatiga tushuntirish berish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi, ijro hujjatini bergan boshqa organ esa qaror chiqaradi”;
14) 32-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi—toʻrtinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
“Ijro hujjatini ijro etish kechiktirilgan taqdirda, ijro etishni kechiktirgan sud yoki boshqa organ tomonidan belgilangan muddat ichida ijro harakatlari amalga oshirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Qarzdorning hisobvaraqlariga qoʻyilgan xatlov kechiktirish toʻgʻrisidagi qarorda nazarda tutilgan taqdirda kechiktirish muddatiga olib tashlanadi.
Ijro hujjati boʻlib-boʻlib ijro etilgan taqdirda, ijro hujjati uni boʻlib-boʻlib ijro etish toʻgʻrisidagi qarorda belgilangan qism va muddatlar boʻyicha ijro etiladi”;
15) 33-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sud ijrochisi ijro harakatlari amalga oshirilishini undiruvchining arizasiga koʻra keyinga qoldirishga haqli. Arizada ijro harakatlarini keyinga qoldirishning soʻralayotgan muddati koʻrsatilishi kerak.
Ijro harakatlarini amalga oshirishga toʻsqinlik qiluvchi holatlar mavjud boʻlganda sud ijrochisi ijro harakatlarini qarzdorning arizasiga koʻra yoki oʻz tashabbusiga koʻra koʻpi bilan oʻn kun muddatga kechiktirishi mumkin.
Ijro harakatlari keyinga qoldirilgan taqdirda sud ijrochisi ijro harakatlarini keyinga qoldirish asosini va ijro harakatlari qaysi muddatga qoldirilganligini koʻrsatgan holda qaror chiqaradi. Chiqarilgan qaror haqida ijro ishi yuritishdagi taraflar, ijro hujjatini bergan sud yoki boshqa organ xabardor qilinadi.
Sud ijrochisining ijro harakatlarini keyinga qoldirish toʻgʻrisidagi qarori ustidan shikoyat qilinishi yoki protest bildirilishi mumkin”;
16) 34-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ijro ishi yuritish quyidagi hollarda sud tomonidan toʻxtatib turilishi shart:
1) agar sud tomonidan aniqlangan huquqiy munosabat huquqiy vorislikka yoʻl qoʻysa, qarzdor vafot etganda, u vafot etgan deb eʼlon qilinganda yoki bedarak yoʻqolgan deb topilganda;
2) qarzdor muomalaga layoqatsiz deb topilganda;
3) agar qonun hujjatlarida nizolashishga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa, qarzdor ijro hujjati yuzasidan sud tartibida nizolashganda;
4) maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish vakolatiga ega organlarning qarorlari (mansabdor shaxslarning harakatlari) ustidan sudga shikoyat berilganda;
5) ijro hujjati boʻyicha undiruv qaratilgan mol-mulkni roʻyxatdan chiqarish (xatlashdan ozod qilish) toʻgʻrisida sudga daʼvo arizasi berilganda;
6) ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan boshqa asoslar vujudga kelganda.
Ijro ishi yuritish quyidagi hollarda sud ijrochisi tomonidan toʻxtatib turilishi shart:
1) qarzdor muddatli harbiy xizmatda boʻlganda yoki muddatli harbiy xizmatda boʻlgan undiruvchi iltimos qilganda;
2) qarzdorning nochorligi (bankrotligi) toʻgʻrisidagi ish boʻyicha xoʻjalik sudi tomonidan ish yuritish qoʻzgʻatilganda, shu jumladan kuzatuvni joriy etish toʻgʻrisida, sud sanatsiyasini yoki tashqi boshqaruvni joriy etish va (yoki) ularning muddatini uzaytirish toʻgʻrisida xoʻjalik sudi tomonidan ajrim qabul qilinganda, “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ijro etilishi toʻxtatib turilishi mumkin boʻlmagan ijro hujjatlari bundan mustasno;
3) ijro hujjatini berish uchun asos boʻlgan sud hujjati yoki boshqa organ hujjatini ijro etishni toʻxtatib turish huquqi qonunda qaysi mansabdor shaxsga berilgan boʻlsa, oʻsha mansabdor shaxs tomonidan qaror chiqarilganda”;
17) 35-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ijro ishi yuritish quyidagi hollarda sud tomonidan toʻxtatib turilishi mumkin:
1) qarzdor yoki undiruvchi ijro hujjatini bergan tegishli sudga yoki boshqa organga ijro hujjatini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib ijro etish, ijro etish usuli va tartibini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat qilganda;
2) qarzdor uzoq muddatli xizmat safarida boʻlganda;
4) sud ijrochisining harakatlari (qarorlari) ustidan shikoyat berilganda;
5) roʻyxatga olingan mol-mulkni baholash natijalari yuzasidan nizolashilganda;
6) undiruvchi iltimos qilganda.
Ijro ishi yuritish quyidagi hollarda sud ijrochisi tomonidan toʻxtatib turilishi mumkin:
1) sud ijrochisi ijro etilishi lozim boʻlgan sud hujjati yoki boshqa organ hujjatini tushuntirish toʻgʻrisidagi, ijro hujjatini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib ijro etish haqidagi, ijro etish usuli va tartibini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi arizalar bilan ijro hujjatini bergan tegishli sudga yoki boshqa organga murojaat qilganda;
2) qarzdor jismoniy shaxs, uning mol-mulki yoki olib qoʻyilishi lozim boʻlgan bola qidirilayotganda;
3) sud ijrochisi tomonidan jarima tariqasidagi jinoiy jazoni boshqa jazo turiga almashtirish toʻgʻrisida sudga taqdimnoma kiritilganda.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh sud ijrochisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh sud ijrochilari ularga boʻysunuvchi sud ijrochilarining harakatlari (harakatsizligi) va qarorlari ustidan shikoyat kelib tushganda, zarur boʻlgan hollarda, ijro ishi yuritishni toʻxtatib turishga haqli”;
18) 36-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ijro ishi yuritish quyidagi hollarda toʻxtatib turiladi:
1) qarzdor vafot etganda, u vafot etgan deb eʼlon qilinganda yoki bedarak yoʻqolgan, muomalaga layoqatsiz deb topilganda — qarzdorning huquqiy vorislari aniqlanguniga, bedarak yoʻqolganning mol-mulki sud tomonidan homiylik va vasiylik organlari belgilagan ishonchli boshqaruvchiga topshirilguniga yoki muomalaga layoqatsiz qarzdorga homiy tayinlanguniga qadar;
2) qarzdorning nochorligi (bankrotligi) toʻgʻrisidagi ish boʻyicha xoʻjalik sudi tomonidan ish yuritish qoʻzgʻatilganda, kuzatuvni joriy etish toʻgʻrisida sud sanatsiyasi yoki tashqi boshqaruv taomilini joriy etish va (yoki) muddatini uzaytirish toʻgʻrisida xoʻjalik sudi tomonidan ajrim qabul qilinganda — qarzdorning nochorligi (bankrotligi) toʻgʻrisidagi ish boʻyicha qaror qabul qilinguniga qadar;
3) undiruvchi yoki qarzdor muddatli harbiy xizmatni oʻtayotganda, qarzdor kasal boʻlib qolganda, xizmat safarida boʻlganda yoki qarzdor jismoniy shaxs, uning mol-mulki yoki olib qoʻyilishi lozim boʻlgan bola qidirilayotganda, — muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilguniga yoki statsionar davolash muassasasidan chiqquniga, xizmat safaridan qaytguniga yoki qarzdor jismoniy shaxs, uning mol-mulki yoki olib qoʻyilishi lozim boʻlgan bola qidirib topilguniga qadar;
4) ijro harakatlari, ijro hujjati yoki uni berishga asos boʻlgan hujjat yuzasidan, shuningdek roʻyxatga olingan mol-mulkni baholash natijalari yuzasidan nizolashilayotganda — masala mazmunan uzil-kesil koʻrib chiqilguniga qadar;
5) sud ijrochisining harakatlari (qarorlari) ustidan shikoyat berilganda — shikoyat koʻrib chiqilguniga qadar.
Ijro ishi yuritish boshqa hollarda ham ijro ishi yuritishni toʻxtatib turishga asos boʻlgan holatlar tugaguniga qadar toʻxtatib turilishi mumkin.
Ijro ishi yuritishni toʻxtatib turishga sabab boʻlgan holatlar bartaraf qilinganidan keyin ijro ishi yuritish uni toʻxtatib turgan sud yoki sud ijrochisi tomonidan undiruvchining arizasiga yoki sud ijrochisining tashabbusiga koʻra tiklanadi.
Ijro ishi yuritishni toʻxtatib turishning ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida belgilangan muddatlari sud tomonidan qisqartirilishi mumkin”;
19) 37-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ijro ishi yuritish quyidagi hollarda sud tomonidan tugatiladi:
1) undiruvchi yoki qarzdor vafot etganda, u vafot etgan deb eʼlon qilinganda, bedarak yoʻqolgan deb topilganda, agar sud hujjati yoxud boshqa organning hujjatida qoʻyilgan talablar yoki majburiyatlar huquqiy vorisga yoki bedarak yoʻqolganning mol-mulkini ishonchli boshqarib turgan shaxsga oʻtishi mumkin boʻlmasa;
2) muayyan harakatlarni amalga oshirish yoxud bunday harakatlarni amalga oshirishdan oʻzini tiyish majburiyatini yuklovchi ijro hujjatini ijro etish imkoniyati yoʻqolganda.
Ijro ishi yuritish quyidagi hollarda sud ijrochisi tomonidan tugatiladi:
1) undiruvchi undiruvdan voz kechganda, agar voz kechish sud tomonidan qabul qilingan boʻlsa;
2) undiruvchi va qarzdor oʻrtasida sud tomonidan tasdiqlangan kelishuv bitimi tuzilganda;
3) jarima tariqasidagi jinoiy jazoni boshqa jazo turiga almashtirish yoxud jarima tariqasidagi jinoiy jazodan amnistiya aktiga asosan ozod qilish toʻgʻrisida sud tomonidan ajrim chiqarilganda;
4) ijro hujjatini berishga asos boʻlgan sud hujjati yoki boshqa organning hujjati bekor qilinganda yoxud qonunga koʻra ijro hujjati boʻlgan hujjat bekor qilinganda yoki haqiqiy emas deb topilganda”;
20) 38-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
O'qish oynasida ochishRangli belgilar, qaydlar, qidiruv va tanlangan matn bo'yicha test bilan.
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: “251-modda. Yigʻma ijro ishi yuritish Ijro ishi yuritish takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-199-son). neolex.uz/uz/laws/law-1423620/251 (lex.uz/docs/-1423622)