Qutqaruv xizmati va qutqaruvchi maqomi toʻgʻrisida (O‘RQ-195-son) · Sana: 26.12.2008 · Amalda
Qutqaruv xizmatlari va professional qutqaruv tuzilmalarining mehnat shartnomasi (kontrakt) boʻyicha ishlovchilar jumlasidan boʻlgan qutqaruvchilari mehnatiga haq toʻlash mehnat shartnomasi (kontrakt) shartlariga muvofiq belgilanadi.
Qutqaruv xizmatlari va professional qutqaruv tuzilmalarining harbiy xizmatchilar jumlasidan boʻlgan qutqaruvchilarining pul taʼminoti belgilangan tartibda aniqlanadi.
Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarining tarkibiga kirmaydigan qutqaruvchilarning mehnatiga haq toʻlash belgilangan tartibda fuqarolik-huquqiy shartnoma boʻyicha amalga oshiriladi.
Qutqaruvchilarning yakka muhofazalanish vositalarida ishlaganligi hisobga olinadi va belgilangan tartibda haq toʻlanadi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-1422085
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 25-modda. Qutqaruvchilarning mehnatiga haq toʻlash Qutqaruv xizmati va qutqaruvchi maqomi toʻgʻrisida (O‘RQ-195-son). neolex.uz/uz/laws/law-1421474/25 (lex.uz/docs/-1422085)