“81-modda. Advokatning stajori
Advokatura instituti takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-198-son) · Sana: 31.12.2008 · Amalda
Kamida uch yillik ish stajiga ega boʻlgan advokat stajorga ega boʻlishga haqli.
Oliy yuridik maʼlumotga ega boʻlgan shaxs advokatning stajori boʻlishi mumkin.
Belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan, shuningdek sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxs advokatning stajori boʻlishi mumkin emas.
Stajirovka advokatlik tuzilmasida oʻtaladi. Advokatning stajori oʻz faoliyatini advokat rahbarligida, uning alohida topshiriqlarini bajargan holda amalga oshiradi. Stajor advokatlik faoliyati bilan mustaqil ravishda shugʻullanishga haqli emas.
Advokat stajorining mehnat sharoitlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuziladigan mehnat shartnomasi bilan belgilanadi.
Advokat stajorining faoliyatini tashkil etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Advokatlar palatasi bilan kelishilgan holda belgilanadi”;
9) 9-moddaning:
birinchi qismidagi “mijoz” degan soʻz “ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismi “advokat yordamchisi” degan soʻzlardan keyin “advokat stajori” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
10) quyidagi mazmundagi 91-modda bilan toʻldirilsin:
