“10-modda. Yuridik yordam olish huquqini taʼminlash
Advokatura instituti takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-198-son) · Sana: 31.12.2008 · Amalda
Mahkumlar advokatlardan malakali yuridik yordam olish huquqiga ega.
Yuridik yordam olish uchun advokatlar bilan xoli uchrashuvlar mahkumlarga ularning arizasiga yoki advokatning iltimosnomasiga koʻra beriladi.
Advokat bilan uchrashuvni mahkumning oʻzi rad etganligi sababli advokatning mahkum yuridik yordam olishi uchun u bilan uchrashuv berilishi toʻgʻrisidagi iltimosnomasini qanoatlantirish rad etilganligi advokat mahkum bilan xoli suhbatlashganidan keyin tasdiqlanishi kerak, bu haqda bayonnoma tuzilib, u mahkum, advokat va jazoni ijro etish muassasasi maʼmuriyatining vakili tomonidan imzolanadi.
Mahkumlarning advokatlar bilan uchrashuvlari ushbu Kodeksda belgilangan uchrashuvlar soni hisobiga kirmaydi, bunday uchrashuvlar soni va muddati cheklanmaydi.
Yuridik yordam koʻrsatilayotganda advokat quyidagi huquqlarga ega:
jazoni ijro etish muassasasi maʼmuriyatining, prokurorning, sudning harakatlari va qarorlari ustidan shikoyat berish;
jazoni ijro etish muassasasi maʼmuriyatidan maʼlumotnomalar, tavsifnomalar va boshqa hujjatlarni soʻrab olish.
Mahkumlarning advokatlar bilan uchrashuvlar oʻtkazish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi”.
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 25-dekabrda qabul qilingan “Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi toʻgʻrisida”gi 721-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 1, 12-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 2-moddaning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Advokatning kasb etikasi qoidalariga, advokatlik siri va advokat qasamyodiga qatʼiy rioya etish”;
2) 4-moddaning:
toʻrtinchi qismi:
toʻrtinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
beshinchi va oltinchi xatboshilari tegishincha toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
oltinchi qismi toʻrtinchi xatboshisidagi “vakolat beruvchining, oʻz himoyasidagi shaxsning” degan soʻzlar “ishonch bildiruvchi shaxsning (oʻz himoyasi ostidagi shaxsning)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
