8-modda. Soliq stavkalari
“Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar toʻgʻrisida”gi va “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolaridan, ajnabiy fuqarolardan va fuqaroligi boʻlmagan shaxslardan olinadigan daromad soligʻi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (294-XII-son) · Sana: 14.06.1991 · Amalda
1. Fuqarolarning ish haqi, mukofot tarzida olgan pullari va boshqa daromadlaridan (mualliflarning merosxoʻrlariga qayta toʻlanadigan mukofot pullaridan tashqari) soliqlar quyidagi miqdorlarda undiriladi:
Yillik daromad miqdori Soliq miqdori 12000 soʻmgacha daromad summasining 12,0 foizi 12001 soʻmdan 24000 soʻmgacha 1440 soʻm + 12000 soʻmdan ortiq pulning 15,0 foizi 24001 soʻmdan 36000 soʻmgacha 3240 soʻm + 24000 soʻmdan ortiq pulning 20,0 foizi 36001 soʻm va undan yuqori 5640 soʻm + 36000 soʻmdan ortiq pulning 30,0 foizi
2. Asosiy ish joylarida ishchi va xizmatchilardan, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanadigan fuqarolar hamda fan, adabiyot va sanʼat xodimlaridan oladigan daromad soliqlarini hisoblab chiqarishda soliq solinadigan daromaddan soliqlarini hisoblab chiqarishda soliq solinadigan daromaddan ushbu Qonunning 4-moddasi 1-bandi “a”, “b” va “v” kichik bandlarida koʻzda tutilgan tartibda soliq solinmaydigan ish haqining minimumi va boshqa daromadlar chiqarib tashlanadi.
3. Mualliflarning merosxoʻrlariga takroriy (bir necha bor) toʻlangan mukofotdan soliq quyidagi miqdorlarda undiriladi:
Yillik daromad miqdori Soliq miqdori 500 soʻmgacha daromad miqdorining 60,0 foizi 501 soʻmdan 1000 soʻmgacha 300 soʻm + 500 soʻmdan ortiq pulning 65,0 foizi 1001 soʻmdan 3000 soʻmgacha 625 soʻm + 1000 soʻmdan ortiq pulning 70,0 foizi 3001 soʻmdan 6000 soʻmgacha 2025 soʻm + 3000 soʻmdan ortiq pulning 75,0 foizi 6001 soʻmdan 10000 soʻmgacha 4275 soʻm + 6000 soʻmdan ortiq pulning 80,0 foizi 10001 soʻmdan 15000 soʻmgacha 7275 soʻm + 10000 soʻmdan ortiq pulning 85,0 foizi 15001 soʻm va undan ortiq puldan 11725 soʻm + 15000 soʻmdan ortiq pulning 90 foizi
18 yoshga yetmagan merosxoʻrlar, 55 yoshdan oshgan ayol va 60 yoshdan oshgan erkak merosxoʻrlar uchun soliq miqdori 50 foiz kamaytiriladi”.
i) Qonunning 12-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
