“12-modda. Fuqarolarning asosiy ish joyidagi mehnat haqi va boshqa daromadlaridan soliqni hisoblab chiqish va toʻlash tartibi
“Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar toʻgʻrisida”gi va “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolaridan, ajnabiy fuqarolardan va fuqaroligi boʻlmagan shaxslardan olinadigan daromad soligʻi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (294-XII-son) · Sana: 14.06.1991 · Amalda
Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan toʻlanadigan ish haqlaridan hamda pul va natura shaklidagi boshqa daromadlardan soliq ish haqi va daromadlarni toʻlaydigan joyda oylik daromad boʻyicha hisoblab chiqiladi va ushlab qolinadi. Oylik daromadlardan olinadigan soliqlarni hisoblab chiqish jadvali Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi. Yil tamom boʻlganidan keyin tugagan yildagi mehnat haqining va toʻlangan boshqa haqlarning umumiy summasiga qarab soliq qaytadan hisoblab chiqiladi.
Yil mobaynida ish joyida toʻlangan mehnat haqi va boshqa daromadlardan ushlab qolingan summasi uzil-kesil hisob-kitob qilish paytida inobatga olinadi”;
k) 13-moddaning 3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Asosiy ish (xizmat, oʻqish) joyidan boshqa yerda oʻrindoshlik boʻyicha qilingan ish, pudrat shartnomasiga muvofiq bajarilgan bir gallik va boshqa ishlar uchun toʻlanadigan pulning jami miqdori va shu toʻlovlardan ushlab qolinadigan soliq miqdori haqida shu pulni toʻlaydigan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar kelgusi yilning 1-fevralidan kechiktirmay daromad oluvchining asosiy ish (xizmat,oʻqish) joyiga xabar qilishi lozim. Shunday maʼlumot olingach, asosiy ish (xizmat, oʻqish) joyidagi buxgalteriya oʻtgan yil uchun asosiy ish (xizmat, oʻqish) joyidan olgan va asosiy boʻlmagan ish joyidan olgan umumiy ish haqining yigʻindisini hisobga olib, Ushbu Qonunning 8-moddasida koʻzda tutilgan stavkalarga binoan soliqni qaytadan hisoblab chiqishi kerak.
Qayta hisob-kitob natijalariga koʻra fuqarodan qoʻshimcha hisoblab yozilgan soliq summasi undirib olinadi yoki ortiqcha ushlab qolingan pul unga qaytarib beriladi. Qoʻshimcha hisoblab chiqilgan soliqni undirib olish uch oy mobaynida amalga oshiriladi, ortiqcha ushlab qolingan soliq summasi esa ikki oy mobaynida qaytarib beriladi”;
