2-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining mandat komissiyasi va qoʻmitalari toʻgʻrisida (302-XII-son) · Sana: 14.06.1991 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Mandat komissiyasi va qoʻmitalari oʻz zimmalariga yuklatilgan vazifalarni bajara borib, Oʻzbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining oliy idorasi boʻlmish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi samarali faoliyat koʻrsatishiga yordam berishlari kerak.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Mandat komissiyasi va qoʻmitalarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi boshqa qarorlarining loyihalarini ishlab chiqish;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi ixtiyoridagi masalalarni dastlabki tarzda qarab chiqish va tayyorlash;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qabul qilgan boshqa qarorlarni amalga oshirishga yordam berish.
