Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining mandat komissiyasi va qoʻmitalari toʻgʻrisida (302-XII-son) · Sana: 14.06.1991 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 111-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qonun loyihalari tayyorlash ustida ish olib borish, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi ixtiyoridagi masalalarni dastlabki tarzda koʻrib chiqish va tayyorlash uchun, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining boshqa qarorlari davlat hamda jamoat idoralari va tashkilotlari tomonidan amalga oshirilishiga yordam berish hamda bu ishni nazorat qilish uchun, xalq deputatlari mahalliy Sovetlari va ularning doimiy komissiyalari bilan hamkorlik qilish uchun deputatlari orasidan Mandat komissiyasi va qoʻmitalar saylaydi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-139553
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 1-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining mandat komissiyasi va qoʻmitalari toʻgʻrisida (302-XII-son). neolex.uz/uz/laws/law-139551/1 (lex.uz/docs/-139553)