12-modda. Matlubot kooperatsiyaning oʻziga xos xususiyatlari
Kooperatsiya toʻgʻrisida (295-XII-son) · Sana: 14.06.1991 · Amalda
1. Matlubot kooperativlari (jamiyatlari) yakkahokimlikka qarshi qonunchilik talablariga muvofiq ixtiyoriy ravishda xoʻjalik uyushmalariga birlashishlari mumkin.
2. Matlubot kooperativlari (jamiyatlari) xoʻjalik uyushmalari boshqaruvining oliy idoralari — syezd va konferensiyadir.
Matlubot kooperativi (jamiyati) boshqaruvining oliy idorasi — kooperativ (jamiyat) aʼzolarining umumiy yigʻilishidir.
Syezd va konferensiyalar kengashni (boshqaruvni) saylaydilar. Kengash (boshqaruv) syezd va konferensiyalar oraligʻidagi davrda ularning vazifalarini bajaradi hamda ularga hisob beradi.
Syezd va konferensiya oʻziga hisob beruvchi nazorat idorasi — taftish komissiyasini saylaydi.
3. Xoʻjalik uyushmalari boshqaruvi idoralarining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlarini ijro etish ularning aʼzolari uchun majburiydir.
4. Matlubot kooperativlari (jamiyatlari), ular uyushmalari bilan davlat boshqa uyushmalar, korxonalar, tashkilotlar hamda jismoniy shaxslar oʻrtasidagi xoʻjalik munosabatlari shartnoma asosida tashkil etiladi, basharti, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida oʻzga hol nazarda tutilmagan boʻlmasa.
5. Matlubot kooperativlari (jamiyatlari) narxlar hamda tariflarni mustaqil yoki shartnoma asosida belgilaydilar. Kooperativlar va ularning xoʻjalik uyushmalari bozorda yakkahokimlik qilgan hollarda davlat fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq narx-navoni tartibga soladi.
6. Matlubot kooperativlarining tovarlarni togʻliq joylar, olis yerlar va ularga tenglashtirilgan joylarga yetkazib berish bilan bogʻliq qoʻshimcha sarf-xarajatlarini qoplash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilab qoʻyiladi.
7. Oʻzbekiston Respublikasi matlubot kooperatsiyasi Xalqaro kooperativ alyansida va boshqa xalqaro tashkilotlarda qatnashishi mumkin.
