6-modda. Sugʻurta qildiruvchining huquq va majburiyatlari
Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sugʻurtasi toʻgʻrisida (O‘RQ-174-son) · Sana: 10.09.2008 · Amalda
Sugʻurta qildiruvchi:
sugʻurtalangan shaxs mehnatni muhofaza qilish normalariga, qoida va yoʻriqnomalariga rioya etishini talab qilish;
sugʻurtalangan shaxsga sugʻurta hodisasi sodir boʻlganda qonunchilikda belgilangan tartibda qoʻshimcha yordam koʻrsatish;
oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlarini, shuningdek sugʻurtalangan shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini qonunchilikda belgilangan tartibda himoya qilish huquqiga ega.
Sugʻurta qildiruvchi:
sugʻurta badallarini sugʻurtalovchiga qonunchilikda belgilangan tartibda va miqdorlarda toʻlashi;
sugʻurta hodisalari sodir boʻlishining oldini olish choralarini taʼminlashi;
sugʻurta hodisalarini qonunchilikda belgilangan tartibda tekshirishi;
sugʻurta hodisasi sodir boʻlgan kundan eʼtiboran bir sutka ichida bu haqda mehnat sharoitlarini muhofaza va ekspertiza qilish davlat inspeksiyasiga xabar qilishi;
sugʻurtalangan shaxsni tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasiga tibbiy tekshiruvdan (qayta tekshiruvdan) oʻtish uchun yuborishi;
sugʻurta hodisalari sodir boʻlishining oldini olish va ularni tekshirish masalalari boʻyicha davlat organlarining qarorlarini ijro etishi hamda kasaba uyushmasi organlarining takliflarini koʻrib chiqishi;
sugʻurtalangan shaxslarga texnika xavfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi, yongʻin xavfsizligi qoidalarini va mehnatni muhofaza qilishning boshqa qoidalarini oʻz mablagʻlari hisobidan oʻqitishi;
sugʻurtalangan shaxsga uning huquq va majburiyatlarini, shuningdek ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sugʻurtasining tartibi hamda shartlarini tushuntirishi;
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sugʻurtasini amalga oshirish uchun asos boʻladigan hujjatlarning tasdiqlangan koʻchirma nusxalarini sugʻurtalangan shaxsga taqdim etishi shart.
Sugʻurta qildiruvchi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi va uning zimmasida boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
