9-modda. Ommaviy axborot vositasini roʻyxatga olishni rad etish
Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida (283-XII-son) · Sana: 14.06.1991 · Amalda
Ommaviy axborot vositasini roʻyxatga olish faqat quyidagi asoslarga muvofiq rad etiladi:
1) agar ommaviy axborot vositasining nomi, maqsadlari va vazifalari Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, mustaqillik toʻgʻrisidagi Deklaratsiyasi hamda ushbu Qonunga zid boʻlsa;
2) agar roʻyxatga oluvchi idora ilgari xuddi shu nomdagi ommaviy axborot vositasiga guvohnoma bergan boʻlsa;
3) agar ariza ommaviy axborot vositasining faoliyatini toʻxtatish toʻgʻrisidagi qaror qonuniy kuchga kirganiga bir yil toʻlmay turib berilgan boʻlsa.
Roʻyxatga olishni rad etish haqidagi xabar ushbu Qonunda koʻzda tutilgan asoslar koʻrsatilib, yozma ravishda arizachiga yuboriladi.
