10-modda. Ommaviy axborot vositasini chiqarishni yoki nashr etishni toʻxtatish
Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida (283-XII-son) · Sana: 14.06.1991 · Amalda
Ommaviy axborot vositasini chiqarish yoki nashr etish muassisning yoki ommaviy axborot vositasini roʻyxatga olgan idoraning, yoxud sudning qarori bilan toʻxtatilishi mumkin.
Ommaviy axborot vositasini roʻyxatga olgan idora yoki sud ushbu Qonunda koʻzda tutilgan talablar bir yil davomida takror buzilgan taqdirda ommaviy axborot vositasining chiqarilishi yoki nashr etilishini toʻxtatadi.
Agar ommaviy axborot vositasi bir yildan buyon chiqarilmayotgan yoki nashr etilmayotgan boʻlsa, uni qaytadan chiqarish yoki nashr etish roʻyxatga olingani toʻgʻrisida yangi guvohnoma talab qilinadi.
Muassis ommaviy axborot vositasini chiqarishni yoki nashr etishni toʻxtatish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan taqdirda tahririyatning mehnat jamoasi yoki muharrir (bosh muharrir) 5-modda va 6-modda talablari bajarilganda oʻsha nom bilan ommaviy axborot vositasini taʼsis etish masalasini qoʻyish mumkin.
