5-modda. Koʻmaklashish toʻgʻrisida soʻrovlar
Hamkorlik va oʻzaro yordam koʻrsatish toʻgʻrisida · Sana: 17.03.2008 · Amalda
1. Koʻmaklashish toʻgʻrisida soʻrovlar yozma shaklda Tomon rahbari manziliga yuborilishi lozim.
2. Koʻmaklashish toʻgʻrisidagi soʻrov quyidagilarni oʻz ichiga olishi lozim:
a) Soʻrayotgan Tomonni qiziqtirgan maʼlumotlarning umumiy taʼrifi;
b) Soʻrov sababi hisoblangan holatlarning, shuningdek, maʼlumotlar soʻrash maqsadlarining umumiy taʼrifi;
v) Soʻrov sababi hisoblangan holatlarga aloqasi boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar;
g) Javobni taqdim etish muddati va shakli toʻgʻrisida koʻrsatma.
