4-modda. Umumiy tamoyillar
Hamkorlik va oʻzaro yordam koʻrsatish toʻgʻrisida · Sana: 17.03.2008 · Amalda
1. Mazkur Memorandum Tomonlar hamkorligi uchun asos sifatida xizmat qiladi va xalqaro huquqiy majburiyatlarni keltirib chiqarmaydi va shu bilan birgalikda, Oʻzbekiston Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklari amaliyotida qoʻllanilayotgan yoki ishlab chiqilgan birorta normativ-huquqiy hujjatlarni oʻzgartirmaydi yoki almashtirmaydi. Memorandum uchinchi shaxslar uchun hech qanday huquqni vujudga keltirmaydi va boshqa bitimlar asosida hech qanday ahdlashuvlarga olib kelmaydi. Mazkur Memorandum shartlarining bajarilishi Tomonlar davlatining tegishli normativ-huquqiy hujjatlariga zid kelmasligi lozim va u Tomonlarning tegishli imkoniyatlari doirasida amalga oshiriladi. Mazkur Memorandum shartlarining bajarilishi Soʻrayotgan Tomon mamlakatining manfaatlariga zid kelmasligi lozim.
2. Mazkur Memorandumga muvofiq, agarda:
a) soʻrovning bajarilishi, Soʻralayotgan Tomon davlatining mustaqilligiga, xavfsizligiga, iqtisodiy manfaatlariga yoki ijtimoiy tartiblariga ziyon yetkazsa;
b) soʻrov, ushbu Memorandumda ifodalangan shartlarga muvofiq boʻlmasa;
v) Soʻralayotgan Tomon davlatida xuddi shunday alomatlar asosida va xuddi shu shaxslarga nisbatan jinoiy ish ochilgan boʻlsa;
g) Soʻralayotgan Tomon davlatida xuddi shu shaxslar, xuddi shunday huquqbuzarliklar uchun qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortilgan boʻlsa, yordam rad etilishi mumkin.
