4-modda
Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida hamkorlik toʻgʻrisida · Sana: 17.03.2008 · Amalda
Ushbu Memorandumning 3-moddasidan kelib chiqqan holda hamkorlik quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
1. Ushbu Memorandumning 3-moddasida koʻrsatib oʻtilgan yoʻnalishlar boʻyicha qoʻshma dasturlar va loyihalarni rivojlantirish.
2. Davlatlarning maxfiy boʻlmagan maʼlumotlari, materiallari va izlanishlar natijalari bilan oʻrnatilgan tartibda oʻzaro almashish.
3. Oʻzaro maslahatlashuvlar, ekspertlar uchrashuvlari, maʼruza va maqolalarni nashr etish, tadqiqot ishlar hamda delegatsiyalar va mutaxassislar tashriflarini almashish orqali atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida oʻzaro tajriba almashish.
4. Malaka oshirish va oʻquv kurslari bilan shugʻullanuvchi qoʻshma ishchi guruhlar tashkil qilish.
5. Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi qonunchilik bazasini takomillashtirish.
