3-modda
Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida hamkorlik toʻgʻrisida · Sana: 17.03.2008 · Amalda
Ushbu Anglashuv memorandumi doirasida amalga oshiriladigan hamkorlik quyidagi yoʻnalishlarni qamrab oladi.
1. Biologik resurslarni muhofaza qilish va boshqarish.
2. Yoʻrgʻa tuvaloq, lochin va shu kabi boshqa noyob va yoʻq boʻlib ketish xavfi ostida boʻlgan hayvonlarning turlarini muhofaza qilish.
3. Ilmiy izlanish va atrof-muhitni muhofaza qilish maqsadlarida tabiiy parvarishxonalar, buyurtmaxonalar yoki boshqa turdagi muhofaza etiladigan hududlar tashkil qilish.
4. “Yoʻq boʻlib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlarining xalqaro savdosi toʻgʻrisida”gi Konvensiya (SITES) qoidalarini qoʻllash va ularga amal qilish.
5. Ekologik toza muqobil energiya manbaalaridan foydalanish.
6. Ekologik turizmni rivojlantirish.
7. Ekologik taʼlim-tarbiya va tashviqot tadbirlari.
8. Atrof-muhitni yaxshilash va muhofaza qilishga qaratilgan boshqa yoʻnalishlardagi kelishilgan hamkorlik.
