8-modda. Soliq stavkalari
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolaridan, ajnabiy fuqarolardan va fuqaroligi boʻlmagan shaxslardan olinadigan daromad soligʻi toʻgʻrisida (227-XII-son) · Sana: 15.02.1991 · Amalda
1. Fuqarolarning ish haqi, mukofotlari va boshqa daromadlari summasidan quyidagi miqdorda soliq undiriladi:
Soliq solinadigan yillik daromadning miqdori (soliq solinmaydigan minimum chegirilgan holda) Soliq summasi eng kam oylik ish haqi miqdorining 24 barobarigacha daromad summasining15 foizi eng kam oylik ish haqi miqdorining 24 barobaridan (+1 soʻm) 60 barobarigacha eng kam oylik ish haqi miqdorining 24 barobaridan olinadigan soliq+24 barobaridan ortiq summaning 25 foizi eng kam oylik ish haqi miqdorining 60 barobaridan (+1 soʻm) 120 barobarigacha eng kam oylik ish haqi miqdorining 60 barobaridan olinadigan soliq+60 barobaridan ortiq summaning 35 foizi eng kam oylik ish haqi miqdorining 120 barobari (+1 soʻm) va undan ortigʻi eng kam oylik ish haqi miqdorining 120 barobaridan olinadigan soliq+120 barobaridan ortiq summaning 40 foizi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasiga oʻta zararli ishlab chiqarishda ishlaydigan alohida toifadagi fuqarolar uchun favqulodda hollarda 12 foizdan kam boʻlmagan miqdorda soliq solishning imtiyozli stavkalarini belgilash huquqi berilsin.
2. Asosiy ish joylarida ishchi va xizmatchilardan, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanadigan fuqarolar hamda fan, adabiyot va sanʼat xodimlaridan oladigan daromad soliqlarini hisoblab chiqarishda soliq solinadigan daromaddan ushbu Qonunning 4-moddasi 1-bandi “a”, “b” va “v” kichik bandlarida koʻzda tutilgan tartibda soliq solinmaydigan ish haqining minimumi va boshqa daromadlar chiqarib tashlanadi.
