29-modda. Yigʻinlarda qatnashish
Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida (644-XII-son) · Sana: 03.07.1992 · Amalda
1. Harbiy xizmatga majburlar zaxirada boʻlish vaqtida: oʻquv (sinov) mashqlariga va maxsus mashqlarga chaqiriladilar.
Yigʻinlarga chaqirilgan harbiy xizmatchilarning harbiy xizmat shart-sharoitlaridan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlari ushbu Qonun va “harbiy xizmatchilarning maqomi, ularning ijtimoiy va huquqiy himoyasi toʻgʻrisida”gi qonun bilan belgilanadi.
2. Ofitserlar tarkibiga kiruvchi harbiy unvonlarga ega boʻlmagan harbiy xizmatga majburlar zaxirada boʻlish vaqtlarida yigʻinlarga quyidagi muddatlarga chaqiriladilar:
Daraja Oʻquv mashqlari yigʻini muddatlari birinchi daraja har biri bir oy muddatli ikkita yigʻinga ikkinchi daraja har biri bir oy muddatli ikkita yigʻinga uchinchi daraja bir oy oʻquv mashqlari yigʻini
Zaxiradagi ofitserlar tarkibiga kiruvchi shaxslar zaxirada boʻlish vaqtlarida quyidagi muddatlarga oʻquv yigʻinlariga chaqirilishlari mumkin:
Daraja Oʻquv mashqlari yigʻini muddati 1 daraja uch yil davomida — bir oygacha muddatga 2daraja har biri bir oy muddatli ikki yigʻinga 3 daraja bir marta bir oylik yigʻinga
3. Harbiy majburlarning yigʻinlarini oʻtkazish muddati va vaqti ushbu Qonunga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadi.
4. Harbiy xizmatga majburlar yigʻinlar oraligʻidagi davrda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining rejasiga binoan 10 kunlik muhlatga sinov yigʻiniga jalb etilishlari mumkin.
5. Zaxirada boʻlish vaqtida jami yigʻinlarning umumiy vaqti 4 oydan oshmasligi kerak. Bunda harbiy unvon olish uchun tayyorgarlik yigʻinida boʻlish vaqti ham zaxiradagi ofitserlarning yigʻinlarda ishtirok etishi umumiy muddatiga qoʻshiladi.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan harbiy xizmatga majburlar Oʻzbekiston Respublikasining tinch hayot faoliyatiga tahdid solishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatning oldini olish yoki uning oqibatlarini tugatish uchun 2 oygacha muddatga maxsus yigʻinlarga chaqirilishlari mumkin.
7. Yigʻinlarga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda va miqdorlarda naqd pul bilan taʼminlanadilar. Yigʻinda boʻlishning butun davrida, shu jumladan yigʻin oʻtkaziladigan joyga borish va u erdan orqaga qaytish uchun ketadigan vaqt davomida ularning egallab turgan lavozimlari (ishlari) saqlab turiladi va ularga ish joyidan oʻrtacha ish haqi toʻlanadi.
