28-modda. Zaxirada boʻlish yoshining chegarasi. Zaxira darajalari
Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida (644-XII-son) · Sana: 03.07.1992 · Amalda
1. Zaxiradagi harbiy xizmatga majburlar yoshiga qarab uch darajaga boʻlinadi. Uchinchi daraja zaxirada boʻlish yoshining chegarasi umuman zaxirada boʻlish yoshining chegarasi hisoblanadi.
2. Askarlar, serjantlar va starshinalar, praporshchiklar va michmanlarning zaxirada boʻlish yoshining chegarasi quyidagichadir:
birinchi darajadagilar uchun — 35 yoshgacha;
ikkinchi darajadagilar uchun — 45 yoshgacha;
uchinchi darajadagilar uchun—50 yoshgacha.
3. Ofitserlar tarkibidan boʻlgan shaxslar zaxirada quyidagi eng yuqori yoshgacha boʻladilar:
Harbiy unvonlar Yosh chegarasi 1-darajadagi zaxira 2-darajadagi zaxira 3-darajadagi zaxira Kichik ofitserlar 45 50 55 Katta ofitserlar 50 55 60 Oliy ofitserlar 55 60 65
4. Harbiy xizmatga majbur xotin-qizlar, oʻzlariga berilgan harbiy unvondan qati nazar, uchinchi darajadagi zaxirada boʻladilar. Ularning zaxirada boʻlish yoshining chegarasi quyidagicha belgilanadi:
ofitserlar tarkibiga kiruvchi shaxslar uchun — 50 yosh;
boshqa harbiy xizmatga majbur xotin-qizlar uchun — 40 yosh.
