26-modda. Harbiy xizmatdan boʻshatish
Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida (644-XII-son) · Sana: 03.07.1992 · Amalda
1. Harbiy xizmatchilar harbiy xizmatdan:
a) basharti, harbiy xizmatchilar zaxirada boʻlish yoshining chegarasiga yetmagan boʻlsalar, salomatliklariga koʻra urush yoki tinchlik vaqtida harbiy xizmatni oʻtashga yaroqli boʻlsalar — zaxiraga;
b) basharti, harbiy xizmatchilar zaxirada boʻlish yoshining chegarasiga yetgan boʻlsalar yoki harbiy-vrachlar komissiyasi tomonidan salomatligiga koʻra harbiy xizmatni oʻtashga yaroqsiz deb topilsalar — harbiylar roʻyxatidan chiqarilgan holda isteʼfoga;
v) basharti, harbiy xizmatchilar belgilangan yosh chegarasiga yetishlariga besh yil va undan kam muhlat qolsa-yu, uzoq yil xizmat qilganlik uchun pensiya olish huquqiga ega boʻlsalar — yoshga koʻra;
g) harbiy-vrachlar komissiyasining harbiy xizmatga yaroqsizlikka doir qaroriga asosan salomatligining yomonlashganligi tufayli;
d) shtatlarning qisqartirilishi, xizmatda foydalanish imkoni boʻlmagan taqdirda tashkiliy tadbirlar munosabati bilan;
e) xizmatga nomuvofiqligi tufayli;
j) mahkum etilganligi munosabati bilan boʻshatiladilar.
