21-modda. Fuqarolarni harbiy xizmatga chaqirilganligi yoki qabul qilinganligi munosabati bilan moddiy taʼminlash
Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida (644-XII-son) · Sana: 03.07.1992 · Amalda
1. Harbiy xizmatga chaqirilgan yoki qabul qilingan fuqarolarga ish joyidan Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga muvofiq ishdan boʻshaganlik nafaqalari toʻlanadi.
2. Fuqarolar harbiy roʻyxatdan oʻtish, harbiy xizmatga chaqirilish yoki kirish bilan bogʻliq vazifalarni bajarishlari uchun ketadigan zarur vaqt davomida ishdan (oʻqishdan) ozod etilib, ularning doimiy ish (oʻqish) joyidagi oʻrtacha ish haqi (oʻqish puli) saqlab qolinadi.
3. Harbiy oʻquv yurtlariga kirayotgan fuqarolar oʻquv yurtiga borish va u erdan qaytish, kirish imtihonlarini topshirish uchun ketadigan zarur vaqt davomida ishdan ozod etilib, doimiy ish joyidagi lavozimi va oʻrtacha ish haqi saqlanib qoladi.
4. Mudofaa ishlari idoralari tomonidan dispanser yoki statsionar tekshiruvga yuborilgan fuqarolarning tibbiy tekshiruvda boʻlgan butun davr uchun ish joyi va egallab turgan lavozimi, oʻrtacha ish haqi saqlanib qoladi, tekshiruv joyiga borish hamda u erdan qaytishga ketgan xarajatlarini ish (oʻqish) joyida qoplanadi. Fuqaro statsionar davolanishga yuborilganida unga ish joyidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda mehnat qobiliyatini vaqtinchalik yoʻqotganlik nafaqasi toʻlanadi.
