9-modda. Aholi punktlarini loyihalash va qurish, transport vositalari, aloqa va axborot vositalarini yaratish hamda ishlab chiqarishda nogironlarning ehtiyojlarini hisobga olish
“Oʻzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-162-son) · Sana: 11.07.2008 · Amalda
Nogironlarning kirishi va foydalanishi uchun moslashtirilmagan holda aholi punktlarini loyihalash va qurishga, turar joy dahalarini barpo etishga, yangi qurilish uchun loyiha yechimlarini ishlab chiqishga, binolar, inshootlar va ularning komplekslarini rekonstruksiya qilishga, shuningdek transport vositalarini, umumiy foydalanishdagi aloqa vositalari va axborot vositalarini yaratish hamda ishlab chiqarishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Binolar, inshootlar va ularning komplekslarini qurish hamda rekonstruksiya qilish normalari va qoidalari nogironlarning tegishli jamoat birlashmalari fikrini hisobga olgan holda ishlab chiqilishi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan kelishilishi lozim.
