8-modda. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining nogironlar huquqlarini taʼminlash hamda ularni ijtimoiy himoya qilishda ishtirok etishi
“Oʻzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-162-son) · Sana: 11.07.2008 · Amalda
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari nogironlarning huquqlarini taʼminlash hamda ularni ijtimoiy himoya qilishga koʻmaklashadi.
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari:
nogironlarning huquqlarini taʼminlashga doir vakolatlarni amalga oshirishda davlatdan va belgilangan tartibda xalqaro tashkilotlardan huquqiy, uslubiy, tashkiliy hamda moliyaviy yordam olishi;
nogironlarni ijtimoiy himoya qilish bilan bogʻliq muammolarni hal qilishda, shuningdek tegishli tadbirlarni moliyalashtirishda ishtirok etishi mumkin.
