26-modda. Nogironlarga ijtimoiy yordam koʻrsatish turlari
“Oʻzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-162-son) · Sana: 11.07.2008 · Amalda
Nogironlarga quyidagi turlardagi ijtimoiy yordam koʻrsatiladi:
pul toʻlovlari (pensiyalar, nafaqalar, bir yoʻla beriladigan toʻlovlar);
texnika vositalari yoki boshqa vositalar, shu jumladan avtomobillar, oʻrindiqli aravachalar, protez-ortopediya buyumlari, maxsus harfli matbaa nashrlari, ovoz kuchaytirgich apparatlar va signalizatorlar bilan taʼminlash;
tibbiy, kasbiy, ijtimoiy reabilitatsiya qilish va maishiy xizmatlar koʻrsatish;
transport xizmatlari koʻrsatish;
dori vositalari bilan taʼminlash.
