13-modda. Nogironlarni reabilitatsiya qilish turlari
“Oʻzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-162-son) · Sana: 11.07.2008 · Amalda
Nogironlarni reabilitatsiya qilish quyidagilarni oʻz ichiga oluvchi chora-tadbirlarning yaxlit tizimidir:
nogironlarni tibbiy reabilitatsiya qilish, bu tiklash terapiyasi, rekonstruktiv jarrohlik, protezlash va ortezlashdan iborat boʻladi;
nogironlarni kasbiy reabilitatsiya qilish, bu kasbga yoʻnaltirish, kasb taʼlimi berish, kasb-hunar-ishlab chiqarish moslashuvidan va ishga joylashtirishdan iborat boʻladi;
nogironlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish, bu ijtimoiy-muhitda yoʻlini topa olish va ijtimoiy-maishiy moslashuvdan iborat boʻladi.
