Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining reglamenti (49-I-son) · Sana: 05.05.1995 · Amalda
Oliy Majlisning navbatdan tashqari sessiyalari Oliy Majlisning Raisi tomonidan uning tashabbusi bilan yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining yoxud Oliy Majlis deputatlari kamida uchdan bir qismining taklifi bilan chaqiriladi.
Oliy Majlisning navbatdan tashqari sessiyasini chaqirish zarurligi asoslab berilgan takliflar Oliy Majlisning Raisi nomiga yozma ravishda yuborilib, unda qanday masalalarni muhokama qilish uchun Oliy Majlisni chaqirish taklif etilayotganligi koʻrsatiladi.
Oliy Majlisning navbatdan tashqari sessiyasi ishi boshlanishidan oldin deputatlarga unda koʻrib chiqish uchun kiritilayotgan hujjatlarning loyihalari taqdim etiladi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-135150
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 6-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining reglamenti (49-I-son). neolex.uz/uz/laws/law-136082/6 (lex.uz/docs/-135150)