31-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining reglamenti (49-I-son) · Sana: 05.05.1995 · Amalda
Byulletenlar yordamida yashirin ovoz berish oʻtkazilayotganda sanoq komissiyasi guvohnoma koʻrsatgan har bir deputatga bitta byulleten beradi.
Byulletenni toʻldirish deputat tomonidan yashirin ovoz berish xonasida yoki buning uchun maxsus ajratilgan xonada byulletendagi oʻzi qarshi ovoz berayotgan nomzodning familiyasini, qaror (qaror varianti) loyihasiga doir byulletenda esa taklif qilinayotgan qarorlar variantlari yonidagi “yoqlayman” yoki “qarshiman” degan soʻzni oʻchirib tashlash yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Belgilanmagan nusxadagi byulletenlar, mansabdor shaxslarni saylash vaqtida esa bir lavozimga ikki va undan ortiq nomzod qoldirilgan byulletenlar haqiqiy emas deb hisoblanadi. Byulletenlarga qoʻshimcha yozib qoʻyilgan familiyalar ovozlarni hisoblab chiqish chogʻida eʼtiborga olinmaydi.
Ishlash tartibiga doir masalalar yuzasidan yashirin ovoz berish oʻtkazilmaydi.
