30-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining reglamenti (49-I-son) · Sana: 05.05.1995 · Amalda
Yashirin ovoz berishni byulletenlar yordamida oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qilingan taqdirda Oliy Majlis deputatlar orasidan 5 — 7 kishidan iborat sanoq komissiyasi saylaydi.
Saylanayotgan organlar tarkibiga yoki mansabdor shaxslar lavozimiga nomzodlari koʻrsatilgan deputatlar sanoq komissiyasiga kirishi mumkin emas.
Sanoq komissiyasi oʻz orasidan komissiya raisi va komissiya kotibini saylaydi. Sanoq komissiyasining qarorlari komissiya aʼzolarining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Byulletenlar sanoq komissiyasining nazoratida, u belgilagan shaklda va miqdorda tayyorlanadi.
Ovoz berish vaqti va joyi, uni oʻtkazish tartibi sanoq komissiyasi tomonidan belgilanadi.
