8-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy vazifalari
Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida (205-XII-son) · Sana: 15.02.1991 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
— pul muomalasi, kredit berish, mablagʻ bilan taʼminlash, hisob-kitob qilish va tashqi iqtisodiy aloqa sohalarida respublika iqtisodiy va valyuta siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish;
— hisobga olishning, hisob berishning, hisob-kitob-ssuda va valyuta operatsiyalarini amalga oshirishning yagona qoidalari va normalarini belgilash;
— ssuda-depozit operatsiyalarini tartibga solish va umumiy pul muomalasini boshqarishning normativlarini oʻrnatish;
— barcha banklar va kredit muassasalari, pul-kredit va valyuta operatsiyalariga doir Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari va qoidalariga rioya etishlari ustidan nazorat qilish;
— barqaror pul muomalasini va Oʻzbekiston Respublikasi hududida muomalada boʻlgan pulning xarid qobiliyatini saqlash;
— bank ishlari bilan shugʻullanish uchun litsenziyalar berish.
— Respublika pul va kredit tizimiga rahbarlik qilish;
— milliy valyutani joriy qilish va u bilan respublika xalq xoʻjaligini taʼminlash;
—Oʻzbekiston Respublikasining “rubl” zonasiga kiruvchi davlatlar boshqa mamlakatlar bilan hamkorligini mustahkamlash va rivojlantirishga koʻmaklashish, ularning markaziy va milliy banklarida, xalqaro banklarida va boshqa moliya-kredit tashkilotlarida Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini himoya qilish
— respublikaning oltin zaxirasi va olmos fondini shakllantirish;
— Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining valyuta fondini vujudga keltirish, davlat valyutasini tartibga solib turuvchi va nazorat qiluvchi bosh ijroiy idora vazifasini bajarish;
— bank ishlari bilan shugʻullanish uchun litsenziyalar berish, chakana savdo va chet el valyutasida xizmatlar koʻrsatishga ruxsatnoma berish;
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni roʻyobga chiqarish uchun tegishli xizmatlar va muassasalar ochish huquqiga ega.
