7-modda. Bankning maqomi
Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida (205-XII-son) · Sana: 15.02.1991 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki respublikaning davlat emission va zaxira banki hisoblanadi hamda ushbu Qonun asosida tuziladi.
Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki huquqiy shaxs hisoblanib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tasdiqlagan oʻz ustaviga ega boʻladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tuziladigan shartnomalar va banklararo bitimlar asosida rubl zonasiga kiruvchi davlatlarning milliy va markaziy banklari hamda boshqa xorijiy davlatlarning banklari bilan hamkorlik qiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xalqaro moliya tashkilotlarining avuarlari uchun depozitariy hisoblanadi.
Davlat boshqaruv idoralari Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki oʻz vakolati doirasida amalga oshiradigan ish faoliyatiga aralashishga haqli emasdir.
