15-modda. Pul-kredit orqali tartibga solish
Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida (205-XII-son) · Sana: 15.02.1991 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki pul-kredit orqali respublika iqtisodiyotini muomaladagi pul massasining miqdori va strukturasini tartibga solib turuvchi idora hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilangan tartibda tasdiqlanadigan Davlat pul-kredit siyosatining bosh yoʻnalishlari asosida pul massasi hajmi va strukturasini tartibga soladi.
Muomaladagi pul massasini tartibga solish tijorat banklariga beriladigan kreditlarning miqdorini oʻzgartirish, qimmatli qogʻozlarni va chet el valyutasini xarid qilish va sotish, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banklarida joylashtiriladigan tijorat banklarining majburiy rezervlari normasini hamda foiz stavkalarini oʻzgartirish yoʻllari orqali amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki tijorat banklari uchun oxirgi boʻgʻin kreditor boʻlib hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi jamlama pul oboroti hajmlarini, pul va davlatning boshqa qimmatbaho qogʻozlar emissiyasini mustaqil belgilaydi.
