14-modda. Pul muomalasini tashkil etish
Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida (205-XII-son) · Sana: 15.02.1991 · Amalda
Milliy valyuta joriy etilgunga qadar Oʻzbekiston Respublikasining rasmiy pul birligi “rubl”dir. Bu “rubl” 100 tiyindan iborat boʻladi. Oʻzbekiston Respublikasi hududida “rubl” yagona toʻlov vositasi hisoblanadi. Respublikaning oʻz valyutasi joriy etilishida Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet el valyutasidagi toʻlovlar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilagan tartibda amalga oshirilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki pulni muomalaga chiqarish va muomaladan qaytib olish mutlaq huquqiga egadir.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki pul belgilarini muomalaga chiqaradi, ularni inkassatsiya qilish, saqlash va tashishni tashkil etadi, oʻzining muassasalarida pul belgilari rezerv fondlarini vujudga keltiradi.
Respublika inkassatsiya boshqarmasi oʻzining barcha boʻlimlari bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining tasarrufida boʻladi.
