14-modda. Xarajatlarni qoplash
Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar toʻgʻrisida (312-II-son) · Sana: 07.12.2001 · Amalda
Investor bitim boʻyicha ishlarni bajarish davomida yoʻl qoʻyiladigan darajada qilgan oʻz xarajatlarining oʻrni qoplanishi huquqiga ega.
Yoʻl qoʻyiladigan darajadagi xarajatlar deganda investor yoki operatorning ushbu Qonunda belgilangan tartibda tasdiqlangan navbatdagi yildagi ishlarni bajarish uchun budjetda nazarda tutilgan xarajatlari tushuniladi. Yoʻl qoʻyiladigan darajadagi xarajatlarning eng yuqori miqdori bitim bilan belgilanadi.
Investorlarga foydalanishga berilgan yer qaʼri uchastkalarida foydali qazilma konlarini aniqlash va qidirishga sarflangan yoʻl qoʻyiladigan darajadagi xarajatlarni qoplash investor tomonidan unga foydalanish uchun ajratilgan yer qaʼri uchastkasida qazib olingan (ishlab chiqarilgan) mahsulotning bir qismi (bundan buyon matnda kompensatsiya mahsuloti deb yuritiladi) hisobidan, kelishilgan jadval boʻyicha, tijorat maqsadida qazib olish boshlangan kun toʻgʻri keladigan kalendar yilidan boshlab, tijorat maqsadidagi qazib olish boshlangunga qadar qilingan xarajatlar toʻla qoplanganidan keyin esa bu xarajatlar qilingan kalendar yilida amalga oshiriladi. Bu holda bitimda foydali qazilmalarni tijorat maqsadida qazib olish boshlangandan keyingi davr uchun oʻrni qoplanadigan, yoʻl qoʻyiladigan xarajatlarning eng yuqori miqdori belgilab qoʻyiladi.
Ushbu Qonun 5-moddasining uchinchi qismiga muvofiq investorlarga foydalanishga berilgan yer qaʼri uchastkalarida yoʻl qoʻyiladigan darajadagi xarajatlarning oʻrnini qoplash tijorat maqsadida kavlab olish boshlangan kun toʻgʻri keladigan kalendar yildan boshlab kompensatsiya mahsuloti hisobidan amalga oshiriladi. Investorning joriy kalendar yilda oʻrni qoplanmagan yoʻl qoʻyiladigan darajadagi xarajatlari bitim amal qilishining butun muddati davomida keyingi kalendar yillarda qoplanadi. Bunday hollarda bitimda oʻrni qoplanadigan yoʻl qoʻyiladigan darajadagi xarajatlarning eng yuqori miqdori belgilab qoʻyiladi.
Investor yoki operator tomonidan toʻlanadigan:
qonunchilikda nazarda tutilgan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar;
tijorat tavakkalchiliklari va boshqa tavakkalchiliklarni ixtiyoriy sugʻurtalashga qaratilgan mablagʻlar;
qonunchilikka muvofiq toʻlanadigan, Oʻzbekiston Respublikasining maqsadli jamgʻarmalariga oʻtkazilgan mablagʻlar;
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan xodimlarning ijtimoiy ehtiyojlari uchun qilingan ajratmalar;
bitim tuzishga qadar axborot olishga sarflangan mablagʻlar;
