Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar toʻgʻrisida (225-XII-son) · Sana: 15.02.1991 · Amalda
Chet elda olingan daromad summasi Oʻzbekiston Respublikasida soliq solinishi kerak boʻlgan daromadning umumiy summasiga kiritiladi hamda soliq miqdorini belgilash chogʻida hisobga olinadi.
Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida olingan daromaddan chet mamlakatlar qonunlariga muvofiq chet eldagi korxonalar, birlashmalar va tashkilotlar toʻlagan soliq summasi ular Oʻzbekiston Respublikasida daromaddan soliq toʻlayotgan paytlarida hisobga olinadi. Bunda hisobga olinadigan mablagʻlarning miqdori chet elda olingan daromadga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasida toʻlanishi kerak boʻlgan daromadga solingan soliq hajmidan oshib ketmasligi lozim.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-134884
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 38-modda. Ikki tomonlama soliq solinishini bartaraf etish Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar toʻgʻrisida (225-XII-son). neolex.uz/uz/laws/law-134875/38 (lex.uz/docs/-134884)