37-modda. Ajnabiy yuridik shaxslarga soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari
Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar toʻgʻrisida (225-XII-son) · Sana: 15.02.1991 · Amalda
1. Agar SSSR va Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida ushbu Qonundagi qoidalardan boshqacha qoidalar belgilab qoʻyilgan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Ushbu Qonunning qoidalari xalqaro huquqning umumiy normalarida hamda SSSR va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa davlatlar bilan tuzgan maxsus bitimlarida belgilab qoʻyilgan soliq sohasidagi imtiyozlarga tegishli boʻlmaydi.
2. Ajnabiy yuridik shaxslarning daromadlaridan soliq olish tegishli chet davlatda xuddi shunday yoki shunga oʻxshash soliqlar yuzasidan sovet yuridik shaxslariga nisbatan aynan shunday chora-tadbirlar amalga oshirish belgilangan hollarda oʻzaro kelishuv asosida toʻxtatilishi yoki cheklanishi mumkin, bu hol ushbu davlatning soliq idoralari tomonidan tasdiqlangan boʻlishi kerak.
3. Ajnabiy firmalar bilan tijorat bitimlarini tuzish chogʻida daromad toʻlayotgan korxona, muassasa yoki tashkilot ajnabiy yuridik shaxslarning daromadidan soliq toʻlash borasidagi xarajatlarni oʻz zimmasiga olishi haqidagi soliq shartlarini shartnomaga qoʻshishga ruxsat berilmaydi.
