8-modda
Davlat havo kemalari parvozlari xavfsizligi sohasida hamkorlik toʻgʻrisida · Sana: 04.09.2006 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qozogʻiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida tuzilgan maxfiy axborotni oʻzaro himoya qilish toʻgʻrisidagi Bitimga va Tomonlar milliy qonunlariga muvofiq tegishli maʼlumotlarni beradilar va ularning himoyasini taʼminlaydilar.
Maxfiy axborot Oʻzbekiston Respublikasi va Qozogʻiston Respublikasi qonunlariga muvofiq beriladi. Maxfiy axborot berish faktlari Tomonlarning vakolatli organlari bayonnomalarida qayd etiladi.
Beriladigan maxfiy axborotga Tomonlarning vakolatli organlari cheklangan belgi qoʻyadilar:
Oʻzbekiston Respublikasida — “Xizmatda foydalanish uchun”;
Qozogʻiston Respublikasida — “Xizmatda foydalanish uchun”.
Tomonlardan birining maxfiy axborotni qabul qilgan vakolatli organi uni oʻz davlatining qonunlariga muvofiq himoya qiladi. Bu axborot uni bergan Tomonning roziligisiz uchinchi Tomonga berilishi mumkin emas.
