4-modda. Pochta aloqasi faoliyatining asosiy prinsiplari
Pochta aloqasi toʻgʻrisida (118-II-son) · Sana: 31.08.2000 · Amalda
Pochta aloqasi sohasidagi asosiy prinsiplar quyidagilardan iborat:
hamma foydalanuvchilar uchun ochiqligi;
Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida pochta joʻnatmalari tranzitining erkinligi;
umumiy foydalanishdagi pochta aloqasi faoliyatida ishtirok etishda yuridik va jismoniy shaxslarning teng huquqliligi;
har bir shaxsning yozishmalari va pochta joʻnatmalari sir tutilishi huquqini taʼminlash;
pochta aloqasi sohasida standartlar, qoidalar va normalarning yagonaligi.
