24-modda. Topshirilmay qolgan pochta joʻnatmalaridan foydalanish tartibi
Pochta aloqasi toʻgʻrisida (118-II-son) · Sana: 31.08.2000 · Amalda
Topshirilmay qolgan pochta joʻnatmalarini vaqtinchalik saqlash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda operator yoki provayder tomonidan olti oy davomida amalga oshiriladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan muddat oʻtganidan soʻng:
pullar davlat budjeti foydasiga oʻtkaziladi;
qimmatli qogʻozlar fond birjasi orqali, qimmatbaho metallar, boshqa buyumlar savdo tarmoqlari orqali sotiladi, tushgan mablagʻlar esa operator yoki provayderlarning xarajatlari qoplanganidan soʻng davlat budjeti foydasiga oʻtkaziladi;
hujjatlar (pasport, diplom, shahodatnoma, guvohnoma va boshqalar) kim tomonidan berilgan boʻlsa, shu korxona, muassasa va tashkilotlarga topshiriladi;
xatlar tegishli dalolatnoma tuzilib, yoʻq qilib tashlanadi.
Oluvchisini, joʻnatuvchisini qidirishning iloji boʻlmaganda, topshirilmay qolgan pul mablagʻlarining pochta oʻtkazmalari pochta aloqasi operatori tomonidan oʻn sakkiz oy davomida saqlanadi, shundan soʻng pul mablagʻlari mahalliy budjet foydasiga oʻtkaziladi.
